07:35 / 23.01.2019
8730

Kongressmenlar Trampga NATOdan chiqishga to‘sqinlik qiluvchi qonunni qabul qilishdi

Foto: Kevin Lamarque / Reuters

AQSh kongressi vakillar palatasi prezident Donald Trampga NATOdan chiqishga to‘sqinlik qiluvchi qonunni qabul qildi. Qonun loyihasi uchun 357 kongressmen ovoz bergan, 22 nafari qarshi chiqqan.

Kongress Trampga rasman NATOdan chiqishni taqiqlay olmaydi, biroq buni moliyalashtirishni bloklashi mumkin. Kongressda shunday taktika o‘z vaqtida Barak Obamaga Guantanamodagi harbiy turmani yopishga to‘sqinlik qilish uchun qo‘llangan.

Shu bilan birga qonun loyihasi Tramp talab qilgandek, NATOga a'zo davlatlarni mudofaaga YaIMning va'da qilingan 2 foizini sarflashga chorlaydi. 

Shunga o‘xshash qonun loyihasi senatda ham ko‘rilmoqda. Loyiha qonunga aylanishi uchun kongressning ikki palatasi ma'qullovidan o‘tishi va prezident tomonidan imzolanishi lozim. Tramp qonun loyihasiga taqiqlov qo‘yishi mumkin, biroq kongress yetarlicha ovoz to‘play olsa bu taqiqlovni yengib o‘ta oladi.

Tramp avval NATOni tanqid qilib, ittifoqdoshlardan NATOga “adolatli ulush” ajratishni talab qilgan. Shu bilan birga AQSh prezidenti alyansdan chiqish niyati haqida ochiqchasiga gapirmagan.  

Mavzuga oid
Top