08:30 / 24.01.2019
3642

Fitch Ratings «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ reytingini «B+»dan «BB-»ga oshirdi

Fitch Ratings xalqaro nufuzli reyting agentligi «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ reytingini «B+»dan «BB-»ga oshirib, uning istiqbolini «Barqaror» deya baholadi.

Ta'kidlash joiz, «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan yirik sug‘urta kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Tuzilayotgan sug‘urta shartnomalari, hududiy bo‘linmalari geografiyasi va sug‘urta shartnomalari, hududiy bo‘linmalari geografiyasi va sug‘urta mukofotlari tushumi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq sug‘urta kompaniyalaridan ikkitasi xalqaro reytingga ega bo‘lsa, shundan bittasi – «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatidir. Kompaniya 100 dan ortiq majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarini taklif etadi. 

2018 yilda kompaniya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi 3317-sonli «Kafolat sug‘urta kompaniyasi»  AJ faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston sug‘urta bozoriga 2 ta yangi sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini olib kirdi:

- 2018 yil 24 aprelda «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ ta'sisligida «My ASSIST» mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi;
- 2018 yil 1 dekabrdan esa «Kafolat hayot» sug‘urta kompaniyasi mas'uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Yetakchi reyting agentligi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi. Bu esa uning mijozlar oldidagi obro‘sini yanada oshiradi.

Reklama huquqi asosida

Top