15:24 / 24.01.2019
11887

Matbuot va axborot agentligi sobiq rahbari jurnal bosh muharriri etib tayinlandi

«O‘zbekkino» milliy agentligining «Kino san'ati» jurnali bosh muharriri lavozimiga Laziz Xushboqovich Tangriyev tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekkino» saytida xabar berilgan.

Laziz Tangriyev 1997-2006 yillari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Devonining madaniyat, ijodiy tashkilotlar ishlari bo‘yicha xizmati konsultanti, 2006-2007 yillarda «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktorining nashriyot ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2007-2017 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori bo‘lib ishlagan.

2017 yil 28 iyuldan 2018 yil 27 noyabrga qadar O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 

Mavzuga oid
Top