13:05 / 28.01.2019
14931

Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: image.ua

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi. Bu haqda vazirlik xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 28 yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hay'atning kengaytirilgan majlisida vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Abdualiyevni tanishtirgan.

A.Abdualiyev bunga qadar mamlakatning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.

Top