09:54 / 01.02.2019
8836

2018 yilda eng ko‘p uy Toshkentda, eng kami Sirdaryo va Xorazmda sotildi

Foto: Depositphotos

Adliya vazirligi 2018 yilda aholiga ko‘rsatilgan huquqiy xizmatlar turlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Xususan, respublikadagi barcha notariuslar tomonidan 2018 yil davomida 4 mln. 282 mingdan ortiq notarial harakat amalga oshirilgan bo‘lib, 2017 yilga nisbatan (5 mln. 910 mingdan ortiq) 28 foizga kamaygan.

Eng qiziqarlisi, ushbu statistika respublikaning barcha davlat notarial idoralari tomonidan bir daqiqada 31 ta notarial harakat amalga oshirilishiga erishilganligini anglatadi.

O‘tgan yilda ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimlar soni 203 525 taga yetgan, ushbu ko‘rsatkich 2017 yilda 165 587 tani tashkil etgan edi. Shundan, uy-joy oldi-sotdi shartnomalari 148 640 ta (2017 yilda 119 871 ta). Uy-joy oldi-sotdi shartnomalari eng ko‘p amalga oshirilgan hudud Toshkent shahri bo‘lsa, eng kam uy-joy oldi-sotdisi Sirdaryo va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Qiziqarli tomoni, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ofis, maishiy xizmat ko‘rsatish va yashash uchun mo‘ljallangan jamlanma kompleks taraflar o‘rtasida 9 mlrd so‘mdan ortiq bahoga narxlanib oldi-sotdi qilingan.

Top