18:44 / 01.02.2019
62304

Odil Ahmedov OFK tomonidan 10 ming dollar jarimaga tortildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan jazolandi.

31 yoshli futbolchi 1/8 finaldan o‘rin olgan Avstraliyaga (0:0, pen. 2:4) qarshi o‘yindan so‘ng, jurnalistlar oldidan tezkor-intervyu bermasdan o‘tib ketgan. Bu esa reglamentning buzilishi hisoblanadi. 

Natijada, OFK uni 10 ming dollar jarimaga tortdi. Endi Ahmedov 30 kun ichida bu pullarni to‘lashi shart. 

Bundan tashqari, Ahmedov yana shunday tarzda qoida buzsa, qattiqroq jazolanishi haqida ogohlantirilgan.

Top