14:27 / 01.02.2019
6094

Ov quroli va patronlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ushbu post hududida noma'lum shaxs tomonidan “vagonchik” tagida qoldirib ketilgan polietilen paket xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada ushbu paket ichidan 1 dona pnevmatik to‘pponcha yashirib qo‘yilgani aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda mazkur post xodimlari O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro M.Sh.ning qo‘l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ushbu fuqaro sumkasi ichidan og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan 8 dona ov qilish uchun mo‘ljallangan patronlar borligi aniqlandi.

“S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan esa fuqaro R.A. boshqaruvida bo‘lgan “Mercedes benz actros” rusumli avtoulov nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, avtoulov bardachogi ichiga bojxonachilardan yashirib qo‘yilgan, og‘zaki savol javobda ma'lum qilinmagan, umumiy qiymati 3 million so‘mlik, yelim baklajkaga solingan salkam 5000 dona pistonlar borligi aniqlandi.  

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari esa fuqaro Sh.B o‘zining boshqaruvidagi “TOYOTA Land Cruiser” rusumli avtotransport vositasida jami 9 dona patronlarni yashirincha olib o‘tayotganligini fosh etishdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

“Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro E.X.ning qo‘l yuklari belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganda ikki xil kalibrdagi 50 dona ov miltig‘i gilzalarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yishdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid
Top