10:15 / 01.02.2019
31253

O‘zbekistonliklar o‘tgan yili qancha avtomobil sotib olgani ma'lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

2018 yilda 345 392 ta avtotransport vositasi oldi-sotdi qilindi. Bu esa 2017 yilga nisbatan 7 003 taga yoki 0,5 foizga kam demakdir.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, notariuslar faoliyatidagi avtotransport vositalari oldi-sotdisi bilan bog‘liq 2018 yilda qayd etilgan eng qiziqarli ma'lumotlardan biri Toshkent shahrida 1936 yilda ishlab chiqarilgan “Mersedes Benz” avtotransport vositasi sotildi.

2018 yil davomida avtotransport vositalaridan foydalanish va tasarruf etish huquqi bilan notarial idoralarda 670 717 ta ishonchnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, ko‘chmas mulkni tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar hisobot davrida 23 183 tani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2018 yilda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni keskin oshirgani xabar qilingandi.

Top