14:18 / 01.02.2019
12911

Rossiyaliklar O‘zbekistonda platinali qotishma uchun patent olishdi

Platina/Foto: Getty Images

«V.N.Gulidov nomidagi Krasnoyarsk rangli metallar zavodi» OAJ mutaxassislari tomonidan kimyo sanoatida qo‘llanadigan katalizatorli to‘rlar uchun mo‘ljallangan platinali qotishma ixtiro qilindi.

O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu ixtironing vazifasi barqaror mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan va yuqori katalitik faollikni saqlagan holda undan tayyorlangan katalitik paketlarning uzoq ishlatilishini ta'minlaydigan katalizator to‘rlari uchun platinali qotishma tarkibini ishlab chiqishdan iborat.

Qayd etilishicha, rossiyalik ixtirochilar Valeriy Yefimov va Sergey Mamonovlarga agentlik tomonidan patent berilgan.

Mavzuga oid
Top