11:55 / 01.02.2019
3673

Tramp pitsseriyalar tarmog‘ining sobiq rahbarini FZT rahbari lavozimiga tayinlashi mumkin – OAV

Foto: REUTERS / JONATHAN ERNST

AQSh prezidenti Donald Tramp 73 yoshli tadbirkor Xerman Keynni AQShning Federal zaxira tizimi rahbari lavozimiga tayinlashi mumkin. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Manbalarning agentlikka ma'lum qilishicha, Godfather’s Pizza pitsseriyalari tarmog‘ining sobiq rahbari Keyn 30 yanvarda Oq uyga muzokaralarga kelgan.

2018 yil 19 dekabrda FZT tayanch foiz stavkasini 0,25 punktga, ya'ni yillik 2,25-2,5 foizgacha oshirgan. Tramp stavkaning oshirilishini uning muvaffaqiyatlariga “asosiy xavf” deb atagan. Bundan tashqari, Tramp Jyerom Pauellni FZTga rahbar qilib tayinlashi xato bo‘lganini aytgan.

Mavzuga oid
Top