15:22 / 04.02.2019
37722

Olimlar saratonga chalinmaslikning uchta oddiy qoidasini aytishdi

Foto: Pixabay

Saraton kasalliklariga chalinmaslikning eng samarali usuli bu tamaki chekmaslik, to‘g‘ri ovqatlanish va serharakat turmush tarzi. Bu haqda Geydelbergdagi nemis ilmiy-tadqiqot onkologik markazi rahbari professor Mixael Baumann aytdi.

— To‘g‘ri ovqatlanish va yetarlicha harakatda bo‘lish orqali saratonning oldini olishingiz mumkin. Saratonga qarshi eng yaxshi chora esa tamaki chekmaslik! Barcha turdagi saraton xastaliklarining 30%ga yaqini chekish bilan bog‘liq, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 4 fevral Butunjahon saratonga qarshi kurash kuni deb e'lon qilingan.

Mavzuga oid
Top