18:02 / 05.02.2019
61101

Dunyodagi eng qimmat avtomobilning narxi e'lon qilindi

Foto: © wikipedia

AQShdagi eng boy insonlardan birining garajida eng qimmat, noyob va antikvariat avtomobilni topishdi. O‘ziga xos «vaqt mashinasi»ning egasi modeler va biznesmen Ralf Lorendir. Unga tegishli Bugatti 57SC Atlantic mashinasini rekord narx - 40 mln. dollarga baholashdi.

Bu modeldagi avtomobillar 1934 yildan 1940 yilga qadar cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. Bugatti kompaniyasi bu turdagi mashinalardan jami 710 dona ishlab chiqargan. 57 SC indeksli model esa maxsus buyurtmaga ko‘ra yasalgan va odatdagi modellarning «pasaytirilgan» talqinidir.

Modeldagi «S» indeksi dvigatel kuchini 210 ot kuchigacha ko‘tara oladigan kompressor sozlanishiga ishora qiladi. Avtomobil kuzovining butun panellari maxsus magniy-alyuminiyli quymadan yasalgan. Bu modeldagi avtomobillardan ikki dona qolgan xolos – ularning uchinchisi AQShda sodir bo‘lgan temir yo‘l halokatida yo‘qolgan.

Ma'lumot uchun, zamonaviy avtomobillar ichida eng qimmati (yanvar oyi holatiga ko‘ra) – bu Lamborghini kompaniyasining Veneno Roadster superkari hisoblanadi. Ushbu avtomobil 4,5 mln. dollar turadi.

Mavzuga oid
Top