14:03 / 06.02.2019
14995

Amir Temur ko‘chasida haydovchilar uchun qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi

Toshkent shahar Transport va yo‘l–transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti hamda IIBB YHXB taklifiga muvofiq, Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu joy Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab, Osiyo ko‘chasi tomondan harakatlanishda Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasiga yetmasdan 90 metr masofada joylashgan.

Yangi qayrilib olish joyining ochilishi Amir Temur – Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasida avval mavjud bo‘lgan tirbandliklarning qisman kamaytirish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top