14:32 / 06.02.2019
24038

Elektr energiyasi va gaz uchun biznes to‘laydigan oldindan to‘lov 50 foizgacha kamaytirildi

Maishiy iste'molchilar sirasiga kirmaydigan iste'molchilar energiya tashuvchilar uchun «50/50» tizimi bo‘yicha – yarmini oldindan, yarmini oy oxirigacha to‘lash huquqiga ega bo‘ldilar. 29.05.2017 yildagi PF–5059-son farmonga o‘zgartirishlar kiritildi.

Norma’ning yozishicha, 2017 yilning 1 iyulidan boshlab maishiy iste'molchilar har oyning 10-sanasiga qadar haqiqatda iste'mol qilingan gaz va elektr energiyasi hajmlari uchun, qolgan abonentlar esa oldindan to‘liq haq to‘lash asosida hisob-kitob qilishlari shart. Majburiyatlar muddatida bajarilmagan hollarda elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yishlari mumkin.
 
Endi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar oldindan to‘lovni to‘liq yoki qisman to‘lashlari mumkin. «50/50» tizimiga o‘tish uchun elektr ta'minoti tashkilotini bu haqda ogohlantirishning o‘zi kifoya.
 
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari va Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga hali o‘zgartirishlar kiritilmadi. Shu sababli ushbu sharh e'lon qilingan paytda (06.02.2019 yil) murojaatnoma-ogohlantirish qanday shaklda va qancha muddatda taqdim etilishi ma'lum emas. Qonunchilikka aniqlashtirishlar kiritilishini kutish lozim.
 
Hujjat 5.02.2019 yildan kuchga kirdi.

Top