07:46 / 06.02.2019
21254

Eron Isroilga urush boshlash bilan tahdid qildi

Foto: REUTERS

Rasmiy Tehron Isroil Eronning Suriyadagi obektlariga zarba berishni davom ettirsa, bu qurolli ixtilofga olib kelishidan ogohlantirdi. Bu haqda FARS axborot agentligi xabar berdi. 

“Agar hujumlar davom etsa, biz Isroilning jinoiy va yolg‘onchi hukmdorlariga saboq berib qo‘yamiz”, deb aytgan Eronning milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shahmoniy.

Uning ta'kidlashicha, Tehronning Isroilning navbatdagi hujumiga javobi “tajovuzkor va qat'iy” bo‘ladi.

Shahmoniy yanvarda “G‘azo va Livanning yuqori aniqlikdagi raketalari Isroilning ahmoqligini do‘zaxga aylantirishi” bilan tahdid qilgan. Bundan tashqari, o‘tgan hafta Eron 1300 kmgacha masofada joylashgan nishonlarni mo‘ljalga oladigan yangi qanotli raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top