10:43 / 06.02.2019
11844

Kontrabandachilar 1200 yillik kitobni o‘g‘irlashga harakat qilishdi

Foto: Anadolu

Turkiya jandarmeriyasi yonidan qadimgi bibliya topilgan uch nafar kontrabandachini qo‘lga oldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, kitob eramizning VIII asriga tegishli. Artefakt teri muqovasi va oltin bosma naqshlarga ega.

Qadimiy kitobni chet elga sotishga harakat qilgan uch kishi qo‘lga olindi. So‘roqdan keyin politsiya artefaktni sotishga urinish holati bilan bog‘liq yana uch kishini ushladi.

Top