10:22 / 06.02.2019
12597

Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumiga start berildi

Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsumi start oldi. Seshanba kuni birinchi saralash bosqichidagi uchta uchrashuv natijasida keyingi raundga o‘tgan shuncha jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

Ammanda kechgan Iordaniyaning «Al-Vehdat» va Kuvaytning «Al-Kuvayt» jamoalari uchrashuvida mehmonlarning qo‘li baland keldi – 3:2. Sharqiy mintaqada ham mezbonlar imkoniyatni boy berishdi: Filippin va Singapur klublari Myanma va Indoneziya jamoalariga mag‘lub bo‘lishdi.

OChL saralashi
1-bosqich, 5 fevral
«Al-Vehdat» (Iordaniya) – «Al-Kuvayt» (Kuvayt) 2:3
«Seres-Negros» (Filippin) – «Yangon Yunayted» (Myanma) 1:2
«Houm Yunayted» (Singapur) – «Persija Jakarta» (Indoneziya) 1:3

2-bosqich, 12 fevral
G‘arb mintaqasi

15:00. «Paxtakor» (O‘zbekiston) - «Eyr Fors» (Iroq)
16:00. OKMK (O‘zbekiston) - «Istiqlol» (Tojikiston)

«Saypa» (Eron) - «Minerva Punjab» (Hindiston)
«Zobahan» (Eron) - «Al-Kuvayt»(Kuvayt)

Sharq mintaqasi
«Perak» (Malayziya) - «Kitchi» (Gonkong)
«Bangkok Yunayted» (Tailand) - «Xanoy» (Vetnam)
«Chiangray Yunayted» (Tailand) - «Yangon Yunayted» (Myanma)
«Nyukasl Jyets» (Avstraliya) - «Persija Jakarta» (Indoneziya)

Top