09:00 / 10.02.2019
7447

Dortmundda drama. «Borussiya» 3:0 hisobidagi ustunlikni boy berdi va «Bavariya»ni yaqinlashtirib oldi

Bundesliganing 21-turida Dortmundning «Borussiya» klubi «Hoffenhaym»ni qabul qildi. Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida kechgan uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi.

Birinchi bo‘limda «Borussiya» ikkita gol urdi — Jyeydon Sancho va Mario Gyotse o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar himoyachisi Rafael Gerreyru uchinchi golni urdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa «Hoffenhaym» hujumchisi Isak Belfodil hisobni qisqartirdi. Keyingi 12 daqiqa ichida Pavel Kaderjabek va Belfodil bittadan gol urib, uchrashuvda durang hisob qayd etilishini ta'minlashdi.

Bu durangdan keyin «Borussiya» ochkolari sonini 50taga yetkazgan holda turnir jadvalidagi peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Hoffenhaym» 30 ochko bilan 9-o‘rinda joylashgan.

Bu turda «Bavariya» «Shalke-04»ni qabul qildi. Myunxendagi «Alyans-Arena» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinda hisobni «Shalke-04» himoyachisi Jyeffri Bruma 11-daqiqasida to‘pni o‘z jamoasi darvozasiga yo‘llab qo‘yib ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar hujumchisi Axmed Kutudju hisobni tenglashtirdi. Ikki daqiqa o‘tib, Robert Levandovski «Bavariya»ni yana oldinga boshladi. Ikkinchi bo‘lim boshida Serj Gnabri myunxenliklar g‘alabasini ta'minlovchi golni urdi.

Bu g‘alabadan keyin «Bavariya» ochkolari sonini 45taga yetkazgan va Germaniya chempionati turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rinni mustahkamlagan. Niko Kovach shogirdlari «Borussiya» Dortmund bilani oradagi farqni qisqartirgan, endi peshqadam bilan oradagi farq 5 ochkoga teng.

Opta Spors ma'lumotiga ko‘ra, Bundesliga tarixida faqat bir klub 21 turda kamida 50 ochko to‘plagani holida chempion bo‘la olmagan.

1971/72 yilgi mavsumda «Shalke» 21 turdan keyin 50 ochko jamg‘arib, «Bavariya»ni 5 ochkoga ortda qoldirgandi, ammo yakunda birinchilikni boy bergan.

21-tur doirasidagi boshqa o‘yinlarda «RB Leypsig» «Ayntraxt»ni yenga olmadi (0:0), «Borussiya» M o‘z uyida «Herta»ga mag‘lub bo‘ldi (0:3), «Hannover-96» «Nyurnberg»dan ustun keldi (2:0), «Frayburg» va «Volfsburg» ham uchtadan gol urib, durangga kelishishdi (3:3).

Germaniya Bundesligasi
21-tur
Borussiya D – Hoffenhaym 3:3 (2:0, 1:3)
Gollar: 1:0 – 32 Sancho, 2:0 – 43 Getse, 3:0 – 66 Gerreyru, 3:1 – 75 Belfodil, 3:2 – 83 Kaderjabek, 3:3 – 87 Belfodil.
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Vaygl, Diallo, Xakimi, Daud, Vitsel, Sancho, Filipp (Pako Alkaser, 70), Gerreyru (Volf, 90), Getse (Toprak, 83).
Hoffenhaym – Baumann, Bichakchich, Posh, Xyubner, Grillich, Kaderjabek, Shuls, Bitenkur (Nelson, 70), Demirbay (Gayger, 46), Joelinton, Kramarich (Belfodil, 46).
Ogohlantirishlar: Grillich (28), Demirbay (40), Gayger (89).

Bavariya – Shalke 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 11, avtogol Bruma, 1:1 – 25 Kutudju, 2:1 – 27 Levandovski, 3:1 – 57 Gnabri.
Bavariya – Ulrayx, Kimmix, Boateng, Xummels, Alaba, Goretska, Alkantara, Xames (Martines, 78), Gnabri (Devis, 89), Levandovski, Koman (Riberi, 68).
Shalke – Fermann, Kalidjuri, Sane, Bruma, Ochipka, Makkenni, Rudi (Maskarel, 33), Serdar (Xarit, 54), Bentaleb, Konoplyanka, Kutudju (Ut, 73).
Ogohlantirishlar: Levandovski (34), Kalidjuri (45), Bruma (85).

RB Leypsig – Ayntraxt F 0:0 (0:0, 0:0)
RB Leypsig – Gulachi, Mukiyele, Ilzanker, Orban, Demme, Zabitser (Adams, 90), Laymer (Forsberg, 67), Klostermann, Xalstenberg, Poulsen, Verner (Mateus Kunya, 85).
Ayntraxt F – Trapp, Xinteregger, Xasebe, Ndika, da Koshta, Fernandes, Rode (Gachinovich, 60), Kostich, Yovich, Aller, Rebich (Villems, 77).
Ogohlantirishlar: Orban (24), Laymer (26), Fernandes (28), Ilzanker (54), Zabitser (83), Villems (84). 

Borussiya M – Herta 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 30 Kalu, 0:2 – 56 Duda, 0:3 – 76 Zelke.
Borussiya M – Zommer, Lang (Xerrmann, 64), Ginter, Elvedi, Vendt, Noyxaus, Shtrobl (Kramer, 81), Xofmann (Kyuizans, 34), Azar, Shtindl, Plea.
Herta – Yarsteyn, Shtark, Rekik, Torunariga, Klyunter, Gruyich, Lustenberger, Mittelshtedt, Duda (Darida, 88), Zelke, Kalu.
Ogohlantirishlar: Gruyich (7), Torunariga (64).

Hannover – Nyurnberg 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Myuller, 2:0 – 77 Myuller.
Hannover – Esser, Korb, Akpoguma (Vimmer, 44), Anton, Ostjolek, Myuller (Fossum, 78), Bakaloj, Uolas, Xaraguti, Vaydandt (Vud, 63), Jonatas.
Nyurnberg – Mateniya, Valentini (Isxak, 88), Myul, Everton, Lyaybold, Palasios-Martines (Fuks, 60), Berens, Rayn, Mateus Pereyra, Knell (Kubo, 76), Zrelyak.
Ogohlantirishlar: Uolas (28), Bakaloj (33), Zrelyak (68), Mateus Pereyra (72).
Chetlatish: Rayn (11).

Frayburg – Volfsburg 3:3 (1:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 11 Russiyon, 1:1 – 37 Grifo, 1:2 – 63, penalti Vegorst, 2:2 – 70 Petersen, 2:3 – 74 Shteffen, 3:3 – 87 Valdshmidt.
Frayburg – Shvolov, Kyubler, Linxart, Xayns, Gyunter, Xaberer, Kox, Frants (Valdshmidt, 69), Grifo (Terratssino, 90), Petersen, Niderlexner (Xeler, 81).
Volfsburg – Kastels, Villiam, Knoxe, Bruks, Russiyon, Gerxardt, Gilavogi, Arnold, Shteffen (Redjbechay, 79), Vegorst (Klaus, 90), Brekalo (Uduoxay, 90).
Ogohlantirishlar: Niderlexner (34), Gilavogi (38), Xaberer (61), Kox (62), Villiam (69).

Top