19:20 / 10.02.2019
15312

Toni Fergyuson va Konor Makgregor UFC chempioni unvoni uchun jang qilishi mumkin

UFC prezidenti Dena Uayt rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedovning diskvalifikatsiyasi va jamoa a'zolari Zubayra Tuxugov hamda Abubakar Nurmagomedov diskvalifikatsiyasi davom etguncha oktagonga chiqmasligidan keyin yengil vazn toifasida vujudga kelgan vaziyatga izoh berdi.  

Uaytning aytishicha, bunday vaziyat UFC ushbu vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvoni uchun jangni tashkil qilishiga olib kelishi, ushbu unvon uchun esa Toni Fergyuson va Konor Makgregor jang qilishi mumkin.

“Yigitlar kimdir unvonni ushlab turguncha, qo‘l qovushtirib o‘tira olmaydilar. Agar Xabib Tuxugovning diskvalifikatsiyasi tugashini kutishi haqidagi gaplar rost bo‘lsa, unda bu haqida o‘ylab ko‘ramiz. Bu Konor Makregor va Toni Fergyuson o‘rtasida vaqtinchalik unvon uchun jang bo‘ladimi yoki boshqami, ko‘ramiz. Voqealar qanday rivojlanishini kuzatamiz”, deb aytgan Uayt.

Top