19:44 / 13.02.2019
31996

Tulkining tishlari yarqiraganini ko‘rsang,  tabassum qilyapti deb o‘ylama!

Ko‘zimiz tushgan har bir qora narsa yomon, har bir oq narsa qora bo‘lavermaydi. Ko‘mirni ushlash bilan qo‘l qora bo‘ladi. Ammo u bilan butun boshli uyni isitish, uning yordamida taom pishirish mumkin. Tishning oqi chiroyli tabassumga ham, zaharxanda kulishga ham xizmat qilishi mumkin. Bularning o‘rtasidagi ariqni ajratish kishining farosatiga bog‘liq. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Audio versiyasini tinglash

Fojia shuki, bizlar Yaratuvchi qolib, bandalarga bog‘landik. Bu istehzoli jilmayishlar aslida bizni tubsiz chohga eltayotganini anglamadik. Tabassumi ham, nafrati ham haqiqiy bo‘lgan Zotni unutdik. Bilingki, U Zot kimga tabassum qilar ekan, endi u kishidan hech kim nafratlanmaydi. Zero, buyuk Xojaga qarashli zotlarga hech kim jahl toshini ota olmaydi. Bil'aks, Olloh kimdan nafratlansa, endi uning eng yaqini ham unga tabassum qila olmas. Boshqacha aytganda, Olloh kulsa, olam kuladi. Olloh g‘azab qilsa, butun olam zulmatga cho‘madi. Insonning nafrati ortida jahl, adovat tursa, tabassumi ortida ta'ma, manfaat turadi. Yaratganning tabassumi ortida tuganmas baxt tursa, g‘azabi ortida mehr, jonkuyarlik yotadi. Yaratgan bilan yaralmishning orasidagi farq shudir.

Zahiriddin Mansur

Mavzuga oid
Top