08:21 / 15.02.2019
25925

Afg‘on urushi bo‘yicha hujjatlardan maxfiylik maqomi bekor qilindi

Foto: Yuriy Somov / RIA Novosti

Rossiya Mudofaa vazirligi sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan qator noyob hujjatlardan maxfiylik maqomini olib tashladi. Materiallar harbiy mahkama saytining axborot-tarixiy qismida e'lon qilindi.

E'lon qilingan hujjatlar Afg‘onistondagi sovet harbiy qismlari tarixi, shuningdek, Afg‘on urushi qahramonlari haqidagi ma'lumotga ega. Xususan, saytda 1992 yilda Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Viktor Dubinin, general-leytenant Ruslan Aushev, «jangchi-shoir» sifatida tanilgan leytenant Aleksandr Stovbani mukofotlash to‘g‘risidagi kartochkalar joylashtirildi. 

Bundan tashqari, sovet harbiylarining Afg‘onistondagi tinch aholiga ko‘rsatgan yordami haqida yozuvlar bor. Misol uchun, traktorni ta'mirlab berish va sovet pionerlarining afg‘on bolalariga sovg‘asi to‘g‘risida ma'lumot berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘on urushi afsonasi «qora mayor» vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top