15:01 / 15.02.2019
4949

XVJ rahbari rivojlanayotgan mamlakatlarni konsalting firmalaridan voz kechishga chaqirdi

Foto: europressa.com

Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristin Lagard rivojlanayotgan mamlakatlarni global konsalting firmalaridan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda News 1 xabar qilmoqda.

U ushbu firmalarning maslahatchilarini tanqid qilib, «katta uchlik»ka kiruvchi McKinsey va Boston Consulting Groups vakillaridan ularning xatti-harakatlari bo‘yicha o‘z fikrini tinglashni so‘radi.

«Men shuni ko‘ryapmanki, past daromadli ko‘plab mamlakatlar va shakllanayotgan bozorga ega davlatlar rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun maslahatchilarni jalb qilishga millionlab dollar sarflashlari kerak bo‘lmoqda», - dedi Lagard.

Uning fikriga ko‘ra, bunday mamlakatlar «pulni tejashi kerak» va mablag‘larni mamlakat ichiga jamlashi hamda BMT tomonidan tuzilgan «rivojlanishning 17 tamoyili»ga rioya qilishi lozim. 

Mavzuga oid
Top