21:47 / 18.02.2019
8028

Tramp Venesuela harbiylaridan Guaydoni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘raydi

Foto: REUTERS / Leah Millis

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela harbiylaridan Xuan Guaydoni qo‘llab-quvvatlashlarini va AQShning gumanitar yordami uchun mamlakatga yo‘l ochishlarini so‘raydi. Bu Trampning Oq uy matbuot xizmati tarqatgan nutqida keltirilgan.

Tramp Florida vaqti bilan kechki soat to‘rtda (Toshkent vaqti bilan 2:00) nutq so‘zlaydi.

"Qo‘shma Shtatlar harbiy rahbarlar va ularning oilalari butun dunyo bo‘ylab qayerlarga pul yashirishganini biladi. Harbiylar va xavfsizlik kuchlari prezident Guaydoga quloq solishlari va Venesuelaga gumanitar yordam ko‘rsatilishiga ruxsat berishlari kerak", - deyiladi nutqda.

Avvalroq OAV Venesuela muxolifati AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlov olgandan keyin mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni shiddat bilan to‘ntarib tashlashni rejalashtirgani haqida yozgandi.

Guaydo 23 yanvarda o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgandi. O‘shandan beri mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top