08:41 / 23.02.2019
11400

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muzokaralar o‘tkazdi

Foto: Today.kz

2019 yilning 17-22 fevral kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida davlatlar o‘rtasidagi chegarani demarkatsiya qilishning yakuniy hujjatlarini tayyorlash davom ettirilgan.

Muzokaralar ikki davlat uchun an'anaviy bo‘lgan do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yig‘ilish yakunida tegishli Bayonnoma imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 27 yanvaridan 1 fevraliga qadar Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muzokaralar o‘tkazgandi.

Mavzuga oid
Top