10:30 / 25.02.2019
20954

«Oskar-2019»: «Eng yaxshi film» – «Yashil kitob» va boshqa sovrindorlar

24 fevral kuni Los-Anjyelesdagi «Dolbi» teatrida kino olamidagi eng nufuzli sovrin – AQSh kinoakademiyasining «Oskar» mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 91-marta o‘tkazilgan nufuzli mukofotning taqdirlash marosimida barcha g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi.

«Eng yaxshi qo‘shiq» - «Shallow» — Ledi Gaga «Yulduz tug‘ildi» filmi uchun kuylagan. 

«Eng yaxshi kompozitorlik ishi» — Lyudvig Yoransson. «Qora Pantera» filmi uchun.

«Eng yaxshi badiiy qisqa metrajli film» — «Teri». Gay Nattiv.

«Eng yaxshi hujjatli qisqa metrajli film» — «Nuqta. Taklifning yakuni». Rayka Zeztabchi.

«Eng yaxshi hujjatli film» — «Yolg‘izlikdagi erkin ko‘tarilish». Elizabet Chai Vasarxeli.

«Eng yaxshi operatorlik ishi» — Alfonso Kuaron. «Roma» filmi uchun.

«Eng yaxshi xorijiy film» — «Roma». Alfonso Kuaron.

Bu nominatsiyada «Kapernaum», «Do‘kon o‘g‘rilari», «Sovuq urush», va «Hech qachon ortga qarama» filmlari ham da'vogar bo‘lgandi.

«Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa» — Redjina King. «Agar Bil-strit gapira olganida» filmidagi ijrosi uchun.

Bu nominatsiyadagi qolgan nomzodlar: Reychel Vays («Ma'shuqa»), «Emma Stoun («Ma'shuqa»), Emi Adams («Hokimiyat»), Marina De Tavira («Roma»).

«Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor» — Maxershala Ali. «Yashil kitob» filmidagi ijrosi uchun.

Bu nominatsiyadagi qolgan nomzodlar: Adam Drayver («Qora klanchi»), Sem Elliott («Yulduz tug‘ildi»), Sem Rokuell («Hokimiyat»), Richard Grant («Meni kechira olasizmi?»).

«Eng yaxshi aktrisa» — Oliviya Kolman. «Ma'shuqa» filmi uchun.

Bu nominatsiyadagi qolgan nomzodlar: Yalitsa Aparisio («Roma»), Melissa MakKarti («Meni kechira olasizmi?»), Ledi Gaga («Yulduz tug‘ildi»), Glenn Klouz («Rafiqa»).

«Eng yaxshi aktyor» — Rami Malik. «Bogema raspodiyasi» filmi uchun.

Bu nominatsiyadagi qolgan nomzodlar: Kristian Beyl («Hokimiyat»), Bredli Kuper («Yulduz tug‘ildi»), Viggo Mortensen («Yashil kitob»), Uillem Defo («Van Gog. Abadiyat ostonasida»).

«Eng yaxshi rejissyor» — Alfonso Kuaron. «Roma» filmi uchun. Uning uchun bu rejissyorlik bo‘yicha ikkinchi «Oskar», avval u «Gravitatsiya» filmi uchun mukofotlangandi.

Bu nominatsiyadagi qolgan nomzodlar: Adam Makkey («Hokimiyat»), Spayk Li («Qora klanchi»), Pavel Pavlikovskiy («Sovuq urush»), Yorgos Lantimos («Favorit»).

«Eng yaxshi film» — «Yashil kitob». Rejissyor Piter Farelli.

Bu nominatsiyada «Bogema rapsodiyasi», «Yulduz tug‘ildi», «Roma», «Ma'shuqa», «Hokimiyat», «Qora qoplon», «Qora klanchi» filmlari ham joy olgandi.

Mavzuga oid
Top