21:20 / 14.03.2019
27748

Alisher Usmonov «Spartak» uchun 1 milliard yevro berishga tayyor

«Alpari» kompaniyasining analitika departamenti rahbari, iqtisodchi Aleksandr Razuvayev Moskvaning «Spartak» klubini sotib yuborilishi haqidagi o‘z fikrlarini aytdi.

«Spartak» klubiga yangi bosh murabbiy Oleg Kononov tayinlanganida, rahbariyat uning oldiga Yevropa Ligasi pley-offiga chiqish, Rossiya Kubogida g‘alaba qozonish va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ydi. Bahor oylarining boshiga dastlabki ikki vazifa muvaffaqiyatli tarzda barbod qilindi. Agar uchinchi vazifa ham bajarilmasa, nafaqat Kononov, balki butun rahbariyat iste'foga chiqadi. «Spartak» xo‘jayini Leonid Fedun esa bundan bezor bo‘lib, klubni sotib yuborishga qaror qilgan.  

Katta ehtimol bilan Alisher Usmonov «Spartak»ning yangi xo‘jayini bo‘lishi mumkin. Avvalroq u «Arsenal» aksiyalariga egalik qilgan edi. Fedun o‘z klubini 1 milliard yevroga baholayapti, bu qiymat Usmonovni to‘liq qoniqtiradi.

Ammo, «Spartak»ni qo‘lga kiritish uchun kurash ketishi va Usmonovning raqobatchilari ko‘proq pul taklif qilishi ham mumkin. «Alfa» kompaniyasining aksiyadorlaridan biri Pyotr Aven ko‘pdan beri klubga qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan yili kuzda Saudiya Arabistoni taxti vorisi Muhammad ibn Salmon Ol Saud, shuningdek qozog‘istonlik investor «Spartak» bilan qiziqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bir necha xaridorning mavjudligi Fedunga qo‘l kelishi va u klubni qimmatroqqa sotishi mumkin», - deb yozdi Razuvayev.

Top