10:24 / 16.03.2019
45067

Bahodir Jalolov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi 

Foto: Instagram/ @bakhodirdjalolov

Professional boksning super og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov bugun professional boksdagi beshinchi jangini o‘tkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda

Qayd etilishicha, AQShning Kaliforniya shtatida kechgan bahsda vakilimiz o‘z ustunligini namoyish qilib, yakunda ham chiroyli g‘alabani tantana qildi.

Amerikalik Uilli Harviga qarshi ringga ko‘tarilgan Bahodir jang to‘liq yakuniga yetmasdan raqibini nokautga uchratdi. Ta'kidlash joiz, jang sanasiga bir necha kun qolganda raqib o‘zgargan edi. Biroq bu holat Jalolovga xalaqit bermagan.

Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi o‘zining beshinchi jangini ham muddatidan avval yakunlab, super og‘ir vazn toifasining reytingida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov so‘nggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Mavzuga oid
Top