08:08 / 19.03.2019
47062

IIV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan e'lon yuzasidan izoh berdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi nomidan tarqatilgan e'lon yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi. Diqqat!” deb boshlanib, bir qancha grammatik xatoliklar bilan tarqatilgan e'lon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tayyorlanmagan.

Ma'lum qilinishicha, hozirgi kunda soxta e'lon tarqatish bilan shug‘ullangan ijtimoiy manbalarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmang. Aniq va to‘g‘ri ma'lumotlarni faqatgina rasmiy manbalardan olishingiz mumkin”, - deyiladi IIV xabarida.

Top