20:59 / 20.03.2019
5036

Farg‘ona IIB boshlig‘ining sayyor qabullari davomida 400ga yaqin muammo o‘rganildi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Joriy yilning o‘tgan oylari davomida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmatjon Mamatov boshchiligida sektor kesimida aholi murojaatlari tinglanib, muammolari hal etilishiga erishilmoqda.

Shu kungacha har bir hudud ishchi guruh bilan birgalikda o‘rganib chiqilib, 400ga  yaqin muammolar hal etildi.Aholining har bir qonuniy talabi atroflicha o‘rganib, chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta'mirlash, tibbiy yordam, kredit olish,  tadbirkorlik faoliyatini boshlash kabi yo‘nalishlaridagi to‘siq va muammolar o‘rtaga tashlanmoqda. Marg‘ilonlik Maftuna Egamberdiyeva o‘z farzandini bolalar bog‘chasiga joylanganligidan xursand bo‘ldi. Quvalik Zuhraxon Mirzayevaga esa uyida qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun bank kreditlari olishda ko‘maklashildi.Farg‘ona tumanining Chimyon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Zamira Egamberdiyevaga turmush o‘rtog‘ining tibbiy operatsiyasi uchun 3 million so‘mlik beg‘araz yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, nogironligi bor fuqarolarning 20 nafariga maxsus aravachalar berildi.

Top