17:10 / 20.03.2019
16763

MB: Bir qator banklarning valuta birjasi savdolaridagi ishtiroki vaqtincha to‘xtatildi 

Foto: Shutterstock

Valuta birjasi (O‘zRVB) savdolarida yo‘l qo‘yilgan muntazam qoidabuzarliklar sababli bir qator tijorat banklarining savdolardagi ishtiroki vaziyat aniqlashtirib olinguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi (Hamkorbank, Turkiston bank, Xaytek bank, Universal bank, Invest finans bank, Ipak Yo‘li Bank, Savdogarbank, Trast bank, Aziya Alyans bank).

Markaziy bank xabariga ko‘ra, valutani tartibga solish sohasidagi qonunchilikni buzgani uchun mazkur banklarga nisbatan 2018 yil va 2019 yilning o‘tgan davrida 31 holatda jami 2.5 mlrd so‘m miqdorida jarima sanksiyalari ko‘llanilgan.

Shu bilan birga, tijorat banklari xorijiy valuta oldi-sotdi amaliyotlarini birjadan tashqari valuta bozorida amalga oshirish huquqiga egadirlar.

Bank mijozlari tijorat banki chet el valutasini xarid qilish va sotishni rad etgan hollarda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat etishlari mumkin. 

Markaziy bank banklar o‘z vazifa va majburiyatlarini, shu jumladan mijozlarga yetkazilgan zararni qoplashini ta'minlashni ko‘zda tutuvchi choralarni ko‘rib boradi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top