16:17 / 21.03.2019
11954

Android tizimida xavfli zaiflik borligi aniqlandi

Foto: AFP 2019 / Josep Lago

Google Android operatsion tizimida g‘arazli niyatli kishilar foydalanishi mumkin bo‘lgan, jumladan, bank ilovalariga ruxsatsiz kirish imkonini beruvchi zaiflik aniqlandi. Bu haqda Positive Technologies kompaniyasi ma'lum qildi.

Kompaniyaning ma'lumot berishicha, zaiflik Android platformasining ilovalar ichida veb-sahifalarni ko‘rish imkonini beruvchi WebView komponentida aniqlangan. U Google Chrome, Samsung Internet, "Yandeks.Brauzer" kabi mobil brauzerlar foydalanuvchilariga xavf tug‘diradi.

Qayd etilishicha, WebView komponentiga hujum qilish orqali brauzer tarixi hamda foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qo‘lga kiritish mumkin.

Zaiflikni to‘g‘rilash uchun yangi versiyadagi Android (Android 7.0dan boshlab) foydalanuvchilari Google Chrome brauzerini yangilab olishlari kerak bo‘ladi. Eski versiyadagi Android egalari esa Google Play orqali WebView komponentini yangilashlari lozim, deyishmoqda ekspertlar.

Mavzuga oid
Top