16:00 / 25.03.2019
24411

Buxoro viloyati IIB Tergov boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

Xususan, podpolkovnik Mansur Abdug‘ofurovich Sattorov - Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bundan oldin, IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y bergandi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i tayinlandi.

Top