18:00 / 25.03.2019
39383

Foto: Abu-Dabida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi

Abu-Dabi shahridagi «Qasr al-Vatan» saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Muhammad bin Zoid Ol Nahayon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari davlat madhiyalari yangradi.

Shundan so‘ng ikki davlat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev samimiy qabul va yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimizning diniy-ma'naviy qadriyatlari mushtarak ekani, bu ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi hamkorlikni rivojlantirishga asos bo‘lishini ta'kidladi. 

Top