21:44 / 29.03.2019
5966

Superliga. «Qizilqum» o‘z uyida OKMK ustidan g‘alaba qozondi

Superliga 2-turi Navoiydagi o‘yin bilan boshlandi.

«Qizilqum» OKMK bilan bellashdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibidagi gollarga Smit va Grigalashvili (2), mehmonlar tarkibida Jo‘rayev mualliflik qilishdi. 

Bu natijadan so‘ng, «Qizilqum» 4 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi, OKMK esa 1 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 2-tur

29 mart, Navoiy

Qizilqum (Navoiy) – OKMK (Olmaliq) 3:1

Gollar: Smit (1), Grigalashvili (51, 69) – Jo‘rayev (44 pen)

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Top