08:44 / 02.04.2019
10094

O‘zbekiston 2030 yilgacha 25ta quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Foto: American Public Power Association

O‘zbekiston 2030 yilga qadar taxminan 25ta quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev ma'lum qildi.

Xo‘jayevning ««Tahlilnoma»» dasturiga bergan intervyusida ta'kidlashicha, mamlakatda yaqin 10 yil ichida taxminan 25ta quyosh stansiyasini qurish mo‘ljallanmoqda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega birinchi quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi. Uning qayd etishicha, elektr stansiyaning qurilish ishlari shu yil boshlanadi. Kutilishicha, stansiya ikki yil ichida ishga tushiriladi.

Sherzod Xo‘jayevning bildirishicha, investorlar mazkur elektr stansiyani qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish uchun 23ta ariza topshirgan.

Top