10:09 / 11.04.2019
8178

2018 yil Samarqandda qancha maydondagi giyohvand o‘simliklar yo‘q qilingani ma'lum bo‘ldi

Samarqandda 2018 yil davomida qancha maydona ekilgan giyohvand moddalar yo‘q qilingani ma'lum bo‘ldi. Zarnews.uz saytining Samarqand viloyat IIBga tayanib xabar qilishicha, «Qora dori-2018» reydlari davomida 392 kv.m hududda ekilgan giyohvand moddalar yo‘q qilingan.

O‘tgan yil davomida Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan tarkibida narkotik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish bilan bog‘liq 162 ta jinoyat aniqlangan.

Xabarda ushbu yo‘nalishdagi ishlar bu yil «Qora dori-2019» tadbirlarida davom ettirilishi aytilgan. Bunday reydlarning birinchi bosqichi 1 maydan 30 iyungacha, ikkinchi bosqichi esa 1 avgustdan 30 sentyabrgacha davom etadi.

Top