15:27 / 15.04.2019
5881

Qarindoshlarning o‘zaro janjali oqibatida ulardan biri jarohat oldi

2019 yil 10 aprel kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi U.U.va uning qarindoshi R.D. o‘zlari yollanib ishlayotgan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Qoronqul mahallasidagi kottejda spirtli ichimlik iste'mol qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ularning o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli U.U. shisha sinig‘i bilan R.D.ga jarohat yetkazgan.

Ta'kidlanishicha, natijada R.D. kasalxonaga yotqizilib, U.U.qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.    

Top