18:02 / 18.04.2019
55644

Mun Chje In Toshkentga yetib keldi. Uni Abdulla Aripov kutib oldi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.  

Bugun Koreya Respublikasi prezidenti O‘zbekiston bosh vaziri hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, mamlakatlar hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanishadi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining muzokaralari 19 aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.  

Imzolash uchun salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.

 

Top