16:00 / 21.04.2019
14592

Liviya poytaxti havodan hujumlar nishoniga aylanmoqda

Liviya milliy armiyasi mamlakat poytaxti Tripolida olib borayotgan qurolli amaliyotlar qo‘poruvchilik harakatiga tutashib ketdi. Tripolida shanba kuni kuzatilgan havodan hujumlardan so‘ng, yakshanba kuni kuchli portlashlar yuz berdi.

Reuters agentligi muxbirining ma'lum qilishicha, poytaxt osmonida 10 daqiqa charx urgan harbiy samolyot biroz vaqt o‘tishi bilan shaharning janubiy hududini nishonga olgan. Mahalliy aholining osmondagi jism uchuvchisiz boshqarilayotgan dron bo‘lganini aytishmoqda. O‘q va raketalar Tripoli mudofaasiga otlangan harbiylar pozitsiyalariga yo‘llangan. 

Xalifa Haftarga sodiq bo‘lgan Liviya milliy armiyasi kuchlari ikki haftadan buyon qurolli harakatlarni faol olib bormoqda. Tripoli hukumati shaharni himoya qilmoqda, ammo Haftarni BAA va Misr ham qo‘llab-quvvatlamoqda. U 8 yillik fuqarolar urushi davrida ikki arab davlatining uzluksiz ta'minotiga ega bo‘lib kelmoqda.

Mavzu
Liviyada fuqarolar urushi
Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar boshchiligidagi qo‘shinlar poytaxt Tripolini qamal qildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top