17:02 / 29.04.2019
4361

Odnoklassniki shaxsiy profillar uchun e'lonlarni rejalashtirish xizmatini ishga tushirdi

Foto: Odnoklassniki

Odnoklassniki shaxsiy profillarda keyinga qoldiriladigan e'lonlarni yaratish imkoniyatini joriy etdi. Yangi opsiya oldindan bir necha e'lonlarni rejalashtirish va ijtimoiy tarmoq bilan yanada qulay tarzda o‘zaro aloqa qilish imkonini beradi. Mazkur xizmat shaxsiy profilidan biznes uchun foydalanuvchilar, masalan blogerlar, mashhur insonlar va artistlar uchun foydali bo‘ladi. Keyinga qoldiriladigan postlar OKning veb-versiyasida ishlamoqda va tez kunlarda mobil platformasida ham joriy etiladi.

Keyinga qoldirilgan e'lon nimalarni anglatadi?

Keyinga qoldirilgan e'lon – bu har qanday kontentga ega to‘liq tayyorlangan post bo‘lib, sahifaga joylashtiriladi va uning e'lon qilinishi muayyan sana va vaqtga rejalashtiriladi. Ushbu funksiyadan foydalanish kontenti oldindan tayyorlangan ko‘plab postlar e'lon qiluvchilar uchun qulay bo‘ladi.  Muallif har safar ijtimoiy tarmoqqa ulanishi kerak bo‘lmaydi, bunda kontentni bir marta joylashtirish, e'lon qilinadigan sanasi va vaqtini belgilash yetarli bo‘lib, post avtomatik tarzda e'lon qilinadi.

Keyinga qoldiriladigan e'lonlar nimalar uchun kerak?

Avvalo, keyinga qoldiriladigan e'lonlar ijtimoiy tarmoq bilan o‘zaro aloqa qilishni yanada qulaylashtiradi:

  • SMM-menejyer yoki muallif mexanik ishga kamroq vaqt sarflaydi.
  • Har kuni yoki har soatda boshqa vazifalardagi postingga chalg‘ish kerak bo‘lmaydi.
  • Postingni aniq vaqtga, masalan e'lonlar har kuni 11:00da va 16:00da chiqishini sozlash qulay.
  • Muallifdan bir necha vaqt mintaqasi yiroqda yashaydigan auditoriya uchun postlar e'lon qilish.
  • Mazkur opsiya e'lonlarni rejalashtirib, kontentni oldindan tayyorlash imkonini beradi.

Keyinga qoldirilgan e'lon qanday joylashtiriladi?

Keyinga qoldirilgan e'lonni joylashtirish uchun:

  1. OKga e'lon rejalashtirilgan profil nomi orqali kirish;
  2. Profil sahifasida kontenti tayyor e'lonni yaratish;
  3. “E'lon vaqti”ga “galochka” belgisini qo‘yish;
  4. Ochilgan maydonda sana va vaqtni tanlash;
  5. “Saqlash” tugmasini bosish lozim.
    Ushbu harakatlar amalga oshirilganidan so‘ng, e'lon rejalashtiriladi va tasmada belgilangan muddatda avtomatik tarzda joylashtiriladi.
Top