13:04 / 01.05.2019
4513

Bo‘z tumani ko‘chalarida «Bookland» elektron kutubxonalari ishga tushdi

Andijon viloyatining cho‘l hududi bo‘lgan Bo‘z tumanida 5 tashabbus ijrosini ta'minlash,aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng yoyish maqsadida zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda.

Kuni kecha tumanning aholi gavjum bo‘lgan joylariga mumtoz va zamonaviy  o‘zbek adabiyoti, ilmiy qo‘llanmalar hamda chet el adiblarining 500dan ortiq asarlariga ega«Bookland» elektron kutubxonalarini o‘rnatish boshlandi.

QR kodini telefon orqali skanerlash orqali kitoblarni o‘qish imkoniyati mavjud bo‘lgan mazkur elektron ziyo maskanlariga yoshlar o‘rtasida qiziqish juda baland.

Tuman hokimi Inomjon Mamadaliyev Bo‘zda mana shunday15 ta elektron kutubxonalar o‘rnatilishi, shaharchada bunyod etilayotgan  “Book kafe”kitoblar uyi ham tez kunlarda ishga tushishini bildirdi.

Elmurod Ermatov, Andijon

 

Mavzuga oid
Top