09:37 / 02.05.2019
17219

TIV Peterburgda O‘zbekiston fuqarosining ikki yoshli o‘g‘li bilan yuz bergan voqeaga oydinlik kiritdi

Foto: TIV axborot xizmati

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti maxsus axborot bilan chiqdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, vasiylik organlari qaroriga binoan ikki yashar o‘g‘li bolalar kasalxonasiga berilgan mamlakatimiz fuqarosi M.J. 2019-yilning 29 aprel kuni bosh konsulxonaga taklif etilgan.

O‘tkazilgan muzokaralar va zarur konsullik harakatlaridan so‘ng bola qonuniy vakilga topshirilgan.

Xabarda aytilishicha, bola 5 may kuni onasining singlisi hamrohligida O‘zbekistonga uchib ketadi.

Mavzuga oid
Top