12:36 / 03.05.2019
11726

Olmazor tumanida yuz bergan janjal oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 2019 yil 29 aprel kuni soat 22.00larda Yunusobod tumanida yashovchi Sh.M. Qoraqamish 1/4-dahasi oldida o‘zaro janjal oqibatida tanishi S.N.ning tanasini turli joylariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada S.N. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Sh.M. ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top