00:43 / 03.05.2019
26619

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod qozoq tili bo‘yicha imtihondan yiqildi

Foto: Bauyrjan Juasbayev

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod, jamoat arbobi Jumatoy Aliyev davlat tili bo‘yicha testda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yib, qozoq tilini yaxshi bilmasligini ko‘rsatgan. Bu haqda Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasiga iqtibos keltirgan holda Bnews.kz nashri xabar berdi. 

Qozoq tilini mukammal bilish prezident lavozimiga da'vogarlarning saylovlarda ishtirok etishga qo‘yilishi uchun zaruriy shart hisoblanadi.

“Nomzodning barcha javoblarini har tomonlama muhokama qilib, u davlat tilini to‘liq bilmasligi haqidagi xulosaga keldik. U tomonidan yozma ishda juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan – umumiy hisobda imloviy va stilistik 19 ta xato”, deb izoh bergan markaziy saylov komissiyasining lingvistik komissiyasi a'zosi Odil Axmetov.

Aliyev davlat tilini yaxshi bilmasligi sababli prezident kursisi uchun kurashdan chiqqan.

Qozog‘iston prezidenti saylovlari 9 iyunga belgilangan.

Top