02:04 / 03.05.2019
12484

Yevropa ligasi. "Arsenal" "Valensiya"ni mag‘lub etdi, "Chelsi" "Ayntraxt" bilan durang o‘ynadi

Foto: Getty Images

Yevropa ligasi yarimfinali doirasidagi ilk uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. 

"Arsenal" o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 3:1 hisobida maydon egalari foydasiga yakunlandi. 

Mezbonlar safida Lyakazett dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Obameyang tomonidan kiritildi. Mehmonlarning yagona goliga Diakabi mualliflik qildi. 

Yana bir uchrashuvda "Chelsi" safarda "Ayntraxt Frankfurt" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. 

23-daqiqada Yovich maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, javob goli 45-daqiqada Pedro tomonidan kiritildi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinlari 9 may kuni bo‘lib o‘tadi. 

Yevropa ligasi. Yarimfinal

Arsenal Angliya – Valensiya Ispaniya 3:1
Gollar: 0:1 – 11 Diakabi, 1:1 – 18 Lyakazett, 2:1 – 25 Lyakazett, 3:1 – 90 Obameyang.

Ayntraxt F Germaniya – Chelsi Angliya 1:1
Gollar: 1:0 – 23 Yovich, 1:1 – 45 Pedro.

Top