08:21 / 05.05.2019
21990

Afg‘onistonda IShIDning Markaziy Osiyodagi «moliyachisi» yo‘q qilindi

Foto: Omar Sobhani / Reuters

Afg‘oniston maxsus kuchlari IShID yetakchilaridan biri, jangarilarning Afg‘oniston shimoli va Markaziy Osiyodagi faoliyatiga boshchilik qilgan Mufti O‘zbekni yo‘q qilishdi. Bu haqda Khaama Press axborot agentligi xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, asosan teraktlarni rejalashtirish va tashkillashtirish bilan shug‘ullangan terrorchi Baglan viloyatidagi operatsiya vaqtida yo‘q qilingan. U IShID jangarilarining Markaziy Osiyodagi operatsiyalarini moliyalashtirishga javob bergan.

Operatsiya vaqtida shuningdek uch nafar jangari yo‘q qilinib, katta miqdorda qurol qo‘lga kiritilgan. 

Top