20:20 / 05.05.2019
8349

Hindistonda “Fani” sikloni 33 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: AFP

3 may kuni Hindistonning Odisha shtatiga yopirilgan “Fani” sikloni oqibatida 33 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 300 kishi jarohat olgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi

Hindiston hukumati dovul oqibatlarini bartaraf etishni boshlab yubordi. Tiklash ishlari shtatning 10 mingga yaqin qishlog‘i va 52 ta shahar tumanlarida olib borilmoqda, ularda 60 ming ko‘ngilli ishtirok etmoqda. 

Hindistonda avvalroq siklon sababli bir milliondan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan. Odamlar sohilbo‘yidan uzoqroqdagi vaqtinchalik lagerlarda joylashtirilgan.  

Shuningdek, siklon 5 may kuni Bangladeshga yopirilgan. Bu yerda yomon ob-havo sababli 12 kishi halok bo‘lgan, ulardan 6 nafari chaqmoq urishidan ko‘z yumgan. 36 ta qishloq suv ostida qolgan, 2 mingdan ko‘proq uy vayron bo‘lgan.

Top