20:57 / 06.05.2019
11682

O‘zbekistonlik gandbolchi qizlar qirg‘izistonlik tengqurlarini 93:0 hisobida mag‘lub etishdi

O‘zbekiston terma jamoasi qizlari (U-19) IHF Trophy musobaqasida qirg‘izistonlik tengqurlari ustidan 93:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik gandbolchilar rekord natija qayd qilishdi.

Bungacha Bahrayn o‘smirlar jamoasining Hindiston ustidan 86:31 va Misr o‘smirlarining mavritaniyalik tengqurlari ustidan 92:16 hisobidagi g‘alabalari qayd qilingan.

IHF Inter-Continental Trophy musobaqasi Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan 2011 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan musobaqada rivojlanyotgan davlatlarning 21 yoshgacha va 19 yoshgacha sportchilari bellashishadi.

Top