22:41 / 06.05.2019
18208

Sergeyev qaytgan va «Paxtakor» muhim g‘alabaga erishgan katta o‘yindan fotogalereya

Ramazon oyining ilk kuni o‘zbek futboli uchun omadli keldi. Futbolimiz bayroqdori «Paxtakor» Chempionlar Ligasi 5-turidan o‘rin olgan «Persepolis»ga qarshi o‘yinda juda muhim g‘alabaga erishdi. Bu g‘alabadan so‘ng «Paxtakor» 8 ochko bilan o‘z guruhida yetakchiga aylanib oldi. O‘tgan yilgi finalchi «Persepolis» esa bu yilgi musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlaydigan bo‘ldi.

«Paxtakor» bugungi o‘yinni xotirjam o‘tkazdi va go‘yoki birgina imkoniyat bo‘lishini kutdi. O‘sha imkoniyat 86-daqiqada bo‘ldi va zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Igor Sergeyev super gol urib, jamoasiga muhim g‘alaba keltirdi. Bu gol Sergeyevning faoliyatida juda muhim bo‘ldi va u shu katta o‘yindagi porlashi bilan qaytdi desak bo‘ladi. Qolganiga Igorning ishlari yurishib ketishiga umid qilamiz.

O‘yinda Javohir Siddiqovning jarohat olganini achinish bilan aytish mumkin. Hujumkor futbolchining tizzasi lat yedi va maydonni shifokorlar yordamida tark etdi. Tribuna.uz fotomuxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va qiziqarli voqealarni kadrga muhrladi. Quyida «Paxtakor» - «Persepolis» o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

Top