22:56 / 07.05.2019
16066

Futbolchi Chempionlar ligasini tomosha qilish uchun o‘zini kasalga soldi

Foto: @jordievdl

Gollandiyaning birinchi divizionida ishtirok etuvchi “Telstar” klubi o‘z hujumchisi Yordi van der Lan bilan shartnomani bekor qildi. Bunga esa futbolchining o‘zini kasalga solishi sabab bo‘lgan. Bu haqda IJmuider Courant nashri xabar berdi. 

29 aprelda futbolchi klubga o‘zini yomon his qilayotganini ma'lum qilgan, biroq shu kuniyoq Chempionlar ligasining Londonda o‘tgan “Tottenxem” va “Ayaks” o‘rtasidagi yarim final uchrashuviga tashrif buyurgan. Futbolchi buni “Telstar” sovrinli o‘rinlar uchun kurashmayotgani, uning o‘zi esa yetarlicha maydonga tushirilmagani bilan tushuntirgan. Futbolchining aytishicha, o‘zgacha vaziyatda u Londonga uchib ketmagan bo‘lardi.

Van der Lan Chempionlar ligasi o‘yini boshlanishidan oldin klub rahbariyatiga bor haqiqatni so‘zlab berganini qo‘shimcha qilgan. “Bu noqulay vaziyat. Biroq barcha xabardor qilingan, shu sababli biz yaxshi notada xayrlashdik”, deb ta'kidlab o‘tgan futbolchi. 

Birinchi divizion yakunlariga ko‘ra, “Telstar” klubi 20 ta klub ichida 15-o‘rinni egallagan. Van der Lan 7 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar bilan  ajralmagan. Uning shartnomasi 2019 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top